Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lukoyl» O‘zbekistonning uch viloyatida bolalar bog‘chalari quradi
«Lukoil Uzbekistan Operating Company» tomonidan Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 550 o‘ringa mo‘ljallangan bolalar bog‘chalari qurish rejalashtirilgan.

Neft-gaz qazib chiqarish va uning eksporti bilan shug‘ullanuvchi xorijiy kompaniya tomonidan 3ta viloyatda maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish reja qilingan. Loyiha doirasida qurilish ishlariga keyingi ikki yil davomida 12 million dollar mablag‘ ajratiladi. Bu haqda 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturida ma'lum qilindi.
Shuningdek, «Lukoil Uzbekistan Operating Company» tomonidan Qandim guruhi konlarida gazni qayta ishlash zavodi qurilishi, Hauzak va Shodi konlarini o‘zlashtirish hamda Qo‘ng‘irot uchastkasida mahsulot taqsimotiga oid bitim asosida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun 2046 yilgacha bo‘lgan muddatda 6 milliard 250 million dollar, Hisor investitsiya bloki va Ustyurt mintaqasi bo‘ylab mahsulot taqsimotiga oid bitimga asosan konlarni o‘zlashtirish va uglevodorodlarni qazib olish ishlari uchun 2042 yilgacha 1 milliard 795 million dollar investitsiya kiritilishi belgilangan.
Ma'lumot uchun, «Lukoil Uzbekistan Operating Company» O‘zbekistonda 2004 yilda Qandim-Chauzak-Shodi-Qo‘ng‘irot loyihasi imzolangandan beri faoliyat yuritib kelyapti.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

21:35 / 30.01.2025
Shavkat Mirziyoyev «Lukoyl» asoschisini qabul qildi

10:17 / 03.12.2024
Qo‘shrabotdagi bog‘cha va maktablarda tegishli hujjatlarsiz ilon tomoshalari o‘tkazildi. IIV holatni o‘rgandi

13:41 / 02.11.2024
Toshkent viloyatida bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi

13:23 / 15.10.2024