«Kun so‘rovi» ruknining navbatdagi soni fuqarolarning shu masaladagi fikrini o‘rganishga bag‘ishlandi.
Toshkentda o‘tkazilgan kichik so‘rov ishtirokchilarining aksariyati ikkala tomon ham jazolanishini ma'qullashini bildirdi. Respondentlarning ayrimlari pora berganning jazolanishi noto‘g‘ri va odam majburlikdan pora berishi mumkin, deb hisoblaydi.
Ba'zi ishtirokchilar esa ikkala taraf uchun ham jazo choralarini kuchaytirishni taklif qildi. So‘ralganlarning ba'zilari pora olish va berish gunoh ekaniga e'tibor qaratdi.