Har bir tuman va shahar markazlarida piyodalar va velosiped yo‘laklari quriladi

Jamiyat 15:51 / 29.12.2020 2396

«Jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish aholi salomatligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. 

Kelgusi yilda 70ta jismoniy tarbiya va sport muassasasi qurish hamda 16 mingta maktab va bog‘chani sport jihozlari bilan ta'minlashga 100 mlrd so‘m ajratiladi.

Shuningdek, barcha tuman va shahar markazlarida maxsus piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etiladi.

Aholini ommaviy sport turlariga keng jalb etish orqali esa 2021 yilda qamrov hozirgi 19 foizdan 25 foizga yetkaziladi», dedi Mirziyoyev.

Davlat rahbari sport mavzusida gapirar ekan, O‘zbekiston oldida turgan yana bir muhim vazifani eslatdi. 

«Yaqinda Osiyo olimpiya kengashi 2025 yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarini Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu mamlakatimizga ko‘rsatilgan katta ishonch. Ayni paytda buning mas'uliyati ham katta. Qit'amiz miqyosida ushbu musobaqaga hozirdan yaxshi hozirlik ko‘rish lozim», – dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: