O‘zbekiston masjidlarida Alloh Kalomi 12500 ga yaqin marotaba xatm qilinadi

Jamiyat 14:55 / 26.12.2020 5132

25-30 dekabr kunlari O‘zbekistonning 2079ta masjidida xayriya tadbirlari o‘tkaziladi hamda xufton namozlaridan so‘ng, Qur'oni Karim xatm qilinadi. “Vaqf” xayriya jamoat fondining ma'lum qilishicha, shu kunlarda Alloh Kalomi 12480 marotaba xatm qilinadi. Bundan tashqari, iqtidorli imomlar tomonidan Imom Buxoriyning “Sahih”i ham xatm qilinadi.   

Xayriya tadbirlarini o‘tkazishdan maqsad, aholining kam ta'minlangan, yordamga muhtoj qatlamini moddiy qo‘llab-quvvatlashdir. Shu munosabat bilan qurbonlik marosimlari tashkil etiladi. 

“Vaqf” fondi tomonidan har bir mahallada muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami tarqatiladi. Bundan tashqari, joylardagi “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida osh dasturxonlari yozilib, maishiy texnika vositalari tarqatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: