Xabarda ma'lum qilinishicha, ichki ishlar xodimlari tomonidan 19 dekabr kuni soat 10:20larda Shahrisabz shahar «Pillakashlik» MFY hududidagi savdo majmualaridan biri oldida tashkil etilgan savdo yarmarkasi rastasida katta miqdordagi pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur 27 xil turdagi 1 144 dona va qiymati 210 000 000 so‘mlik pirotexnika vositalari Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yunusobod ko‘chasi 9-mavzeda yashovchi fuqaro X.B. ga tegishli bo‘lgan.