100-diskaunter atigi 1 yil 9 oy muddatda: HAVAS diskaunterlar tarmog‘ida navbatdagi 100-do‘kon ishga tushishi munosabati bilan, barchangizni 2020 yil 25 dekabr kuni mazkur do‘konning ochilish marosimiga taklif etamiz.
Yuzinchi do‘kon ochilish marosimi 2020 yil 25 dekabr kuni soat 10:00da Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Feruza dahasi, 22-uy manzilida bo‘lib o‘tadi.
HAVAS ushbu shodiyonani O‘zbekiston xalqi bilan birgalikda nishonlash maqsadida xaridorlarga turli sovg‘alar tayyorlab qo‘ygan.
100-do‘konimizning birinchi 1000 nafar xaridoriga sovg‘a sifatida jami 1 tonna mandarin ulashmoqchimiz.
Aziz do‘stlar, HAVAS diskaunterlar tarmog‘i barchangizni 100-do‘kon ochilish marosimini birgalikda nishonlashga taklif etadi.
Do‘konimizga oilangiz, yaqinlaringiz bilan birgalikda tashrif buyuring va ochilish marosimidan bahramand bo‘ling.
Marosimga soat 11:30 ga qadar tashrif buyurgan xaridorlarda telefon ulashish o‘yinida ishtirok etish imkoniyati bo‘ladi. O‘yinda 20 ta «Samsung A series» smartfonlaridan birini yutib olishingiz mumkin.
Shuningdek, yuqorida aytib o‘tganimizdek, do‘konimizga tashrif buyurgan birinchi 1000 nafar xaridorning har biriga 1 kilogrammdan mandarin sitrus mevasi ulashiladi. (Mandarinlar miqdori cheklangan – 1000 kg).
1 yil 9 oy – qisqa muddat, shunga qaramay ushbu qisqa vaqt ichida HAVAS jamoasining tinimsiz mehnati do‘konlar sonini 100 taga yetkazish imkonini berdi. Vazifa mushkulligiga qaramay, Siz bizga nisbatan iliq munosabatingiz bilan jamoamiz har bir a'zosining tinimsiz mehnat qilishiga, HAVAS diskaunterlar tarmog‘ini yanada rivojlanishiga va xodimlarning o‘z ustida tinimsiz ishlashiga ilhomlantirdingiz.
Bularning barchasi uchun HAVAS ulkan minnatdorligini bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, bizning asosiy maqsadimiz – nafaqat poytaxtimizda, balki barcha viloyatlar aholisiga hamyonbop xaridlar imkoniyatini yaratib berishdir. Biz jamoamiz bilan birgalikda shu yo‘nalishdagi faoliyatimizni kengaytirishda davom etamiz.
Oilangiz, yaqinlaringiz bilan HAVAS diskaunterlar tarmog‘ida navbatdagi 100-do‘kon ochilish marosimiga tashrif buyuring.
Reklama huquqi asosida