LG: Do‘stlar va yaqinlarga ijobiy hislar hamda tabassum hadya etuvchi sovg‘alar taqdim etamiz

Fan-texnika 14:00 / 17.12.2020 4803

Tez kunlarda dunyo yangi 2021 yilni kutib oladi. Ma'lumki, ushbu bayram odatda oila va do‘stlar davrasida nishonlanadi. Biroq yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ayrim kishilar yangi yilni yolg‘iz kutib olishadi va bu orqali o‘zlariga xotirjamlik va osoyishtalikni baxsh etishadi. Yangi yil sovg‘alari bilan bog‘liq jihat esa o‘zgarishsiz qolmoqda. U xoh oila a'zolari, do‘stlar yoki o‘zingiz uchun atalgan sovg‘a bo‘lsin.  LG Electronics (LG) har qanday didga mos keluvchi sovg‘alarni tanlash masalasini hal qildi.

Meridian bilan hamkorlikda ishlangan, tiniq va va keng ovozga ega, simsiz LG Tone Free quloqchinlari, bakteriyalarni tozalash funksiyasiga ega UVnano zaryadlash qutisi yangi yil uchun a'lo darajadagi sovg‘aga aylanadi. Ushbu quloqchinlar o‘z faol turmush tarziga ega, so‘nggi urflarni kuzatib boruvchi, nafaqat dolzarb dizayn va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, balki ovoz sifatini ham muhim sanaydigan kishilar uchun yaratilgan.

Odamlar gigiyena va xavfsizlik masalalaridan xavotirda bo‘lgan hozirgi vaziyatda ko‘pchilik ultrabinafsha nurlari yordamida quloqchinlarning o‘zini-o‘zi tozalash funksiyasini ayniqsa o‘zgacha qadrlaydi. LG Tone Free  FN6 to‘plamida ultrabinafsha rangdagi diodli yoritgichli UVnano quvvatlantirish imkoniyati mavjud bo‘lib, u 10 daqiqa mobaynida 99 foizgacha bakteriyalarni yo‘q qiladi.

LG  Tone Free quloqchinlarini Buyuk Britaniyaning Meridian kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratgan. Shu sababli ular musiqa tinglash vaqtida ham, qo‘ng‘iroqlar paytida ham betakror, tiniq va yuqori sifatli tovushlarni ijro eta oladi. Quloqchinlar suhbatlar vaqtida ovozlar tiniqligini ta'minlaydi, atrofdagi shovqinni pasaytirish funksiyasi bilan jihozlangan, shuningdek, maksimal xavfsizlik maqsadida muhim xabar yoki atrofdagi tovushlarni e'tiborsiz qoldirishga yo‘l qo‘ymaydi.

Yangi qurilma namlikdan saqlash IPX4 standartiga mos va ixcham batareya bilan jihozlangan. Uning yana bir afzalligi bu – narxining juda arzonligi.

Musiqa va qiziqarli podkastlarni quloqchin taqmasdan tinglashni xush ko‘ruvchilar uchun LG XBOOM Go Bluetooth – karnaylari a'lo darajadagi sovg‘aga aylanadi. Silliq chiziqlari va qiziqarli dizayni sababli zamonaviy qurilmalarni xush ko‘ruvchilar uchun u yoqimli sovg‘a bo‘ladi. Xilma-xil rangdagi dumaloq yoritish moslamasi esa kishiga bayramona kayfiyat bag‘ishlaydi.

Ixcham LG XBOOM Go karnaylari bilan kutib olingan yangi yil kechasi yorqin, quvnoq va xotirada qoladigan ko‘rinishda o‘tadi. Axir unga dunyo bo‘ylab mashhur brend Meridian bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan a'lo ovoz hamrohlik qiladi. LG XBOOM Go PL7 karnaylarini tanlash orqali esa bayram onlarini tonggacha davom ettirish mumkin. Chunki u 24 soat davomida ishlaydi. Karnaydan chiquvchi ovoz bayram muhitini yanada kuchaytiradi va otashin sur'atlarda raqsga tushish uchun zavq bag‘ishlaydi.

LG XBOOM Go ixcham karnaylari va LG Tone Free quloqchinlarini tanlash orqali yangi yil uchun atalgan bu kabi sovg‘alar do‘stlar va yaqinlarga faqat ijobiy hislar hamda tabassum hadya etishiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: