O‘zbekistonlik yosh rejissyor Turkiyada o‘tkazilgan kinofestivalda g‘olib bo‘ldi

Jamiyat 11:40 / 15.12.2020 7566

Turkiya inson huquqlari va tenglik tashkiloti (TİHEK) tomonidan o‘tkazilgan qisqa metrajli film va ssenariylar tanlovi natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik yosh kinematograf, Hasan ibn Sabit kino akademiyasi talabasi va Istanbul media akademiyasi bitiruvchisi Muhammad Ali Doniyorov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Kun.uz’ning Turkiyadagi muxbiri xabar bermoqda.

TİHEK 10 dekabr — Butunjahon inson huquqlari kuni/haftasi munosabati bilan «Inson huquqlari negizida inson qadriyatlari» mavzusida qisqa metrajli filmlar tanlovini o‘tkazdi.

Ishtirokchilarning katta qiziqishiga sabab bo‘lgan mazkur tanlovga jami 165 nafar ishtirokchi ariza bilan murojaat qilgan. Qisqa metrajli filmlar nominatsiyasida 37, ssenariylar nominatsiyasida esa 128 nafar kinematograf o‘z kinoasarlari bilan ishtirok etdi.

Festivalga kelib tushgan kinoasarlar Tulay Go‘kchimen (Hay'at raisi va gumanitar yordam ko‘ngillisi), M.Abdullg‘afur Shahin (rejissyor), Emre Karapinar (rejissyor), Nazif Tunch (prodyuser-rejissyor), professor-doktor Shukri Sim, Ipek Tuzjio‘g‘li (aktyor) va Ihsan Kabil (kinematograf va Xalqaro kino uyushma prezidenti)dan iborat hakamlar hay'ati tomonidan baholandi.

Muhammad Ali Doniyorov rejicsyorligida suratga olingan va g‘oliblar qatoridan joy olgan «Nafas» («Soluk») nomli qisqa metrajli film har qanday mushkul vaziyatda ham inson o‘zligini yo‘qotmasligi, o‘z vijdoniga qarshi ish tutmasligi lozim, degan g‘oyani ilgari suradi.

Ko‘proq yangiliklar: