Namibiya hukumati 170ta filni sotuvga qo‘ydi

Foto: Wikipedia
Namibiya hukumati mamlakatdagi qurg‘oqchilik va qo‘riqxonalarda fillar haddan ziyod ko‘pligi sababli 170ta filni sotuvga qo‘yishga qaror qildi. Bu haqda Namibiyaning atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmon xo‘jaligi va turizm vazirligi tomonidan e'lon qilingan reklamaga tayanib Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Fillar mamlakat ichida va tashqarisida auksion orqali sotiladi. Auksionning har bir ishtirokchisi fillarni saqlash sharoitlari va ularni boqish uchun yetarlicha mablag‘ga egaligi haqida kafolat hujjatlari taqdim qilishi kerak bo‘ladi. Xorijiy xaridorlardan filni belgilangan davlatga olib kirish uchun ruxsat beruvchi bojxona hujjatlari taqdim qilish ham talab etiladi.
Namibiya oxirgi yillarda mamlakatda fillarni himoyalash va brakonerlarga qarshi kurashish choralari qabul qilingani sababli ushbu jonzotlarning tez ko‘payishiga to‘qnash kelgan. Natijada Afrika mamlakatida fillar soni 1995 yildagi 7,5 mingdan 2019 yilda 24 minggacha yetgan. Buning oqibatida qo‘riqxonalarda bunday ko‘p sondagi fillarning normal yashashi uchun tabiiy zaxiralar taqchilligi yuzaga kelgan. Bundan tashqari, hukumat mamlakatda boshlanayotgan qurg‘oqchilik oqibatida ko‘llar va daryolar qurishi fillarning ommaviy nobud bo‘lishiga olib kelishidan xavotir bildirmoqda.
Namibiya Afrika janubida fillar uchun oziqa va suv yetishmasligi muammosiga to‘qnash kelgan yagona davlat emas. Misol uchun, Botsvana fillarni Angolaga ko‘chirish bo‘yicha dasturni amalga oshirmoqda. Ayni vaqtda Afrikada tabiiy muhitda yashovchi fillar soni 350 mingga yetadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
-
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi
Jamiyat | 23:10 / 10.04.2025
Mavzuga oid

13:36 / 24.03.2025
Namibiyalik ayol o‘ziga hujum qilgan timsohning jag‘larini ochib, qochib ketdi

22:08 / 20.02.2025
Shri-Lankada fillarni urib yuborgan poyezd relsdan chiqib ketdi

22:08 / 04.12.2024
Namibiyada birinchi marta ayol kishi prezident etib saylandi

20:33 / 07.11.2024