Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada fillarni urib yuborgan poyezd relsdan chiqib ketdi
Hodisa fillar to‘dasi temiryo‘lni kesib o‘tayotganida yuz bergan. To‘qnashuv oqibatida oltita fil nobud bo‘lgan.

Foto: Daily Mirror
Adaderana portalining yozishicha, voqea 19 fevral kuni Gal Oyya hududida yuz bergan. Battikaloadan Kolomboga ketayotgan «Minagaya» poyezdi temiryo‘lni kesib o‘tayotgan fillarni urib yuborgan. Oqibatida oltita fil nobud bo‘lgan.
Bundan tashqari, hodisa temiryo‘l transporti harakat jadvaliga ham o‘zgartirish kiritilishiga olib kelgan. Battikaloadan Kolomboga qatnovchi «Pulatisi» reysi bekor qilingan. Temiryo‘l departamenti «Minagaya» yo‘lovchilari uchun boshqa poyezdni tashkillashtirib bergan.
Qayd etilishicha, qo‘riqxona hududlaridan o‘tgan temiryo‘llarda bu kabi muammolar kuzatilib turadi. Mahalliy hukumat va ekologlar kelajakda bunday hodisalar ro‘y bermasligi uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda.
Fillar bilan bog‘liq holat yuzasidan tergov o‘tkazilmoqda, mutaxassislar temiryo‘l atrofiga qo‘shimcha to‘siqlar va ogohlantiruvchi tizimlarni o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Noyabr oyida Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘shanda fillar hosillari nobud bo‘layotgan norozi fermerlar tomonidan zaharlangan bo‘lishi mumkinligi haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqalgan edi. Ammo hukumat amaldorlarining aytishicha, qasddan zaharlashning hech qanday alomatlari aniqlanmagan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangi Zelandiya Falastin davlatini tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 20:17
-
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53
-
Korrupsiya mojarolari sababli Abu-Dabiga ko‘chib ketgan Ispaniya faxriy qiroli Portugaliyaga ketmoqchi
Jahon | 19:21
-
Eron va Iroq xavfsizlik borasida kelishuv imzoladi
Jahon | 18:57
Mavzuga oid

08:03 / 30.07.2025
O‘zbekiston Shri-Lanka bilan birga choy mahsulotlari ishlab chiqarishi mumkin

12:06 / 29.07.2025
Shri-Lanka O‘zbekistonga o‘z portlaridan foydalanishni taklif qildi

15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

18:35 / 09.05.2025