Agrobank: Savdoni moliyalashtirish xalqaro Islom korporatsiyasi bilan o‘zaro manfaatli kelishuvga erishildi

Jamiyat 15:58 / 30.11.2020 3611

Mamlakatimiz iqtisodiyotida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirilishi bank tizimining xalqaro kooperatsiyasini kengaytirish va mustahkamlash hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, uni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratmoqda. 

Joriy yilning 23 noyabr kuni Agrobank Savdoni moliyalashtirish xalqaro Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSh dollari miqdoridagi savdoni moliyalashtirishni ko‘zda tutuvchi kelishuvni imzoladi. 

Ushbu mablag‘lar tadbirkorlik sub'yektlarini islom shariati qoidalari asosida qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

«Agrobank» ATB Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: