Buxoro viloyati Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora bilan ushlandi 

Jamiyat 13:41 / 09.11.2020 34579

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Buxoro viloyati boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, 2020 yil 7 noyabr kuni taxminan soat 09:20larda fuqaro Q.M.ning arizasi yuzasidan o‘tkazilgan tadbirda, Buxoro viloyati davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i, 1967 yilda tug‘ilgan Q.R. o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda Buxoro shahridagi MChJ rahbari Q.M.dan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan karantin qoidalariga rioya qilinmaganligi holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma yuzasidan jarima tayinlamaslik evaziga pul talab qilgan.

Q.R. kimyoviy ishlov berilgan 400 AQSh dollari va 500 000 so‘m naqd pullarni o‘zining xizmat xonasida pora tariqasida olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: