Farg‘onada endokrinologiya shifoxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Jamiyat 19:23 / 08.11.2020 1661

Dispanser binosining ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i H.Mamajonov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Qurilish ishlariga Davlat investitsiya dasturi doirasida 14,8 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, dispanser viloyat aholisiga endokrin xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, yangi majmuada 120 o‘rinli statsionar, 150 ambulator qatnovli poliklinika va boshqa qo‘shimcha binolar bunyod etilgan.

Shuningdek, majmuaga o‘pkani sun'iy shamollatish apparati (IVL), kardiomonitor, EKG, yuqori texnologiyali rentgen apparati, portativ rentgen, portativ UTT apparati, IFA analizatori, SIPAP apparati, kislorod konsentratorlari, jarrohlik stollari jamlanmasi va boshqa zamonaviy tibbiy jihozlar o‘rnatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: