Kurslar 9–11 noyabr kunlari, soat 10:00 – 17:00 oralig‘ida tashkil etiladi.
Mashg‘ulotlar o‘zbek tilida olib boriladi. Kurs dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- PR – paydo bo‘lishidan hozirgi vaqtdagi roligacha
- Maqsadli auditoriya va u bilan ishlash usullari
- PR – kommunikatsiya: turlari va dinamikasi
- Mediarileyshnz: jurnalistlarga yondashuv topishning usullari
- Piarmatn va uning xususiyatlari
- Matbuot anjumani: nazariya. Noqulay savollarga javob berish usullari
- Feyklarni aniqlash usullari
- Infosabab, storitelling, pablitsit kapital
- Freyming va refreyming
- Kamera qarshisida gapirishning sirlari
- PR strategiya
- Inqirozli vaziyatni qanday boshqarish mumkin
- Inqirozga qarshi PR
- Boshqa masalalar
Kurslar o‘zlashtirilgan ko‘nikmalarni amalda mustahkamlash bilan olib boriluvchi interfaol mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- kamida bir yil davomida matbuot kotibi sifatida ishlaganlik tajribasi;
- press-reliz va boshqa matbuot materiallarini yozish texnikasi va usullarini bilish;
- intervyu, matbuot anjumanlari va brifinglarni tashkil etish va o‘tkazish qoidalarini bilish;
- internet tarmog‘ida ishlash, multimedia uskunalaridan foydalanish ko‘nikmalari;
Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati – 6 noyabr soat 12:00gacha.