Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston 20:12 / 30.05.2024 7808

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashining tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Vasiylik kengashi raisi lavozimiga Fond direktori sifatida ishlab kelayotgan Akramjon Fozilov nomzodi ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. 

Akramjon Fozilov

Jurnalistika va kommunikatsiya sohasida tajribaga ega Jahongir Azimov Mass-media fondi direktori etib tayinlandi. 

Jahongir Azimov

Jahongir Azimov 1992 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2016 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2022 yilda AQSh Alabama universitetida ijodiy jurnalistika bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini O‘zbekistondagi BMT doimiy koordinatori idorasida boshlagan. 2017 yilda u O‘zbekistondagi birinchi TEDx, TEDxMustaqillikSquare konferensiyalari tashkilotchisi bo‘ldi. Shundan so‘ng Voice of Tashkent’da mustaqil muallif bo‘lgan, so‘ngra O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining «Dunyo» axborot agentligida (2018−2020 yillarda) ishlagan.

Ko‘proq yangiliklar: