MIB Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2020 yil 10 iyundagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.Gromikovadan undiruvchi A.Gromikov foydasiga Uchtepa tumanida joylashgan 76-xonadondan 103 mln 963 ming 356 so‘m ulush undirib berish haqidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida ushbu ijro hujjati qonunning tegishli moddalariga asosan qo‘zg‘atilgan va qarzdorga sud qarori ijrosini bajarish uchun 15 kun ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq qarzdor A.Gromikova tomonidan sud qarori ijrosi o‘z muddatida bajarilmagan.
Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan qarzdorga nisbatan majburiy ijro harakatlari olib borilib, natijada joriy yilning 27 oktabr kuni undiruvchi A.Gromikov foydasiga 103 mln 963 ming 356 so‘m pul mablag‘lari to‘liq undirib berildi. Mazkur ijro ishi amalda tamomlangan.