Google’ning internet tarqatuvchi havo shari rekord o‘rnatdi
Google’ning chekka hududlarda internet tarqatuvchi havo shari stratosferada qolish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Foto: Videodan kadr
Google’ning chekka hududlarda internetga kirishni ta'minlash bilan shug‘ullanuvchi sho‘'ba kompaniyasi Loon LLC havo sharlarining stratosferadagi parvozi davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Kompaniya havo shari osmonda 312 kun qolgan. Bu esa avvalgi rekorddan 89 kun ko‘proqni tashkil qiladi. Shar Puerto-Rikoda havoga uchirilgan, so‘ngra u Peruga yo‘llangan va u yerda 3 oy davomida internetga kirish nuqtasi sifatida xizmat qilgan. Shundan keyin shar Janubiy Atlantika, Hind okeanini kesib o‘tib, Meksikaga yo‘nalgan. 10 oy davomida havo shari umumiy hisobda 135 ming mil (217 ming km) uchib o‘tgan.
Loon texnik direktori Salvatore Kandidoning ma'lum qilishicha, shar stratosferada maxsus dizayn va materiallar evaziga bunday uzoq vaqt qola olgan.
Muhandislar kelgusida qurilma konstruksiyasiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun uning telemetriyasi ortidan kunbo‘yi kuzatuv olib borishgan.
Mavzuga oid

00:09 / 20.02.2025
Google Italiyaga soliq tergovini hal etish uchun 340 mln dollar to‘laydi

17:34 / 29.01.2025
Rossiya Googleʼga belgilagan jarimalar miqdori 2 duodetsillion rublga yaqinlashdi

20:19 / 28.01.2025
Google o‘z xaritalarida Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfaziga o‘zgartiradi

01:35 / 15.01.2025