Yechib qo‘yilayotgan, cho‘ntakka solinayotgan bodi-kameralar... Ular qayerda nazorat qilinadi?
Kun.uz Ichki ishlar vazirligi YHXB (yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi) vakillari bilan intervyu uyushtirdi. Polkovnik Erali Bozorov, podpolkovnik Murod Sherliyev, podpolkovnik Ilhom Idirov va podpolkovnik Shuhrat Murodov suhbat davomida savollarga javob berishdi.
Mashinada baland musiqa eshitish uchun jarima. Bu bor gapmi?
Suhbatning dastlabki qismida vazirlik vakillari hali loyihasi ko‘rib chiqilayotgan baland ovozda musiqa eshitib ketayotgan haydovchiga jarima belgilash tartibi haqida gapirishdi. Polkovnik Erali Bozorovga ko‘ra, bunday loyiha ishlab chiqishga fuqarolarning talablari ham sabab bo‘lgan. Uning aytishicha, maqsad haydovchini jarimaga tortish emas, ularni qonunga itoatkorlikka o‘rgatish. Polkovnik maktab, bog‘chalar oldidagi mashinalarda baland ovozda musiqa qo‘yilishi dars o‘tish jarayoniga xalaqit bergani ham loyihani ishlab chiqish jarayonida o‘rganilganini ma'lum qildi.

Xo‘sh, musiqani balandlatib ketayotgan haydovchini qanday aniqlash mumkin? Axir u postlarga yaqinlashganda ovozni pastlatib oladi-ku? Ma'lum bo‘lishicha, bu bo‘yicha aniq reja mavjud emas va u qonun qabul qilingach, ishlab chiqiladi. Suhbatdoshimiz katta ehtimol bilan bunday qoidabuzarliklar zamonaviy texnologiyalar yordamida aniqlanishini aytdi.
Noodatiy faralar
Ko‘chalarda har xil faralar qo‘yilgan mashinalarni ham tez-tez uchratish mumkin. Bunday qoidabuzarlar faqat tunda aniqlanishiga qaramay, ularning soni kam emas. Polkovnik Erali Bozorovning aytishicha, yil boshidan buyon 11 mingdan ortiq yoritish chirog‘ini belgilangan normadan boshqacha qilib olgan haydovchilar aniqlanib, jarimaga tortilgan.
Qurilish ko‘p, ekologiyaga zarar ham ko‘p...
Oxirgi yillarda O‘zbekiston qurilish maydoniga aylanib qoldi. Butun mamlakat bo‘ylab qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Tabiiyki, bunday vaqtda yuk mashinalarining harakati ko‘payadi. Hatto ular harakatlanishi mumkin bo‘lmagan shahar ko‘chalarida ham. Ularning tabiatga keltirayotgan zarari bilan ham kimdir qiziqadimi? Suhbatdoshlarimizning aytishicha, yilda bir marta o‘tkaziladigan texnik ko‘rikda yuk mashinalari alohida talablar asosida tekshiriladi va tabiatga keragidan ortiq zarar yetkazayotgan mashinalar hujjat ololmaydi. Keyin, yilda ikki marta ekologik reydlar o‘tkaziladi. Qurilishda ishlayotgan mashinalar qurilish korxonalari tomonidan yuvib, ko‘chaga zarar yetkazmaydigan holatda maxsus ruxsatnoma bilan chiqarilishi kerakligi ham aytildi. Aftidan, doim ham bunday talablar foyda beravermaydi, axir ko‘chalarda har kuni ayamay qop-qora tutun chiqarayotgan va ko‘chalarni changitib ketayotgan yuk mashinalarini ko‘ramiz...

Yechib qo‘yilayotgan, cho‘ntakka solinayotgan bodi-kameralar... Ular qayerda nazorat qilinadi?
Ijtimoiy tarmoqlarda YHX xodimlarining taqib yurishi majburiy bo‘lgan bodi-kameralarni yechib qo‘ygani yoki cho‘ntagiga solib qo‘ygani tasvirlangan holatlar tarqalib turadi. Podpolkovnik Ilhom Idirovning aytishicha, bodi-kameralarni yoqmay faoliyat yuritish holatlari kuzatilgach, IIV YHXB huzurida kameralarni nazorat qiladigan maxsus texnik markaz tashkil qilingan. U yerda mamlakatdagi barcha inspektorlarning kameralari nazorat qilinadi. Ya'ni, kim kamerani taqmagan bo‘lsa, markaz bundan xabar topadi-da, vaziyatning nima bilan bog‘liq ekanini aniqlaydi. Ma'lum bo‘lishicha, markaz ishga tushgach, bodi-kameralarni taqib ishlash bo‘yicha talablarni bajarmaslik holati sezilarli kamaygan.

«GAI»ni videoga olish mumkinmi?
Internetda turli xil sabablar bilan YHX xodimi bilan tortishgan haydovchilarning holatni suratga olgan videolari juda ko‘p. Xo‘sh, aslida «GAI» xodimini videoga olish mumkinmi? Suhbatdoshlarimizning aytishicha, holatni aniqlashtirish, qandaydir jinoyatni oshkor qilishda xizmat qiladigan vaziyatda YHX xodimi bilan muloqotni yoki uning o‘ziga nisbatan harakatlarini suratga olish mumkin. Lekin o‘z navbatida qonunchiligimiz bunday videolarni internetda tarqatishga «yo‘q» deyishi aytildi. Shuningdek, uchinchi tomon haydovchi hamda YHX xodimi o‘rtasidagi muloqotni tasvirga olishi ham mumkin emas.

Radardagi +5 qoidasi. U haydovchining foydasiga ishlaydi(mi?)
Ko‘pchilik haydovchilar radarlarda +5 qoidasi bo‘lishi kerak deb aytadi. Ya'ni, cheklangan tezlik 70 bo‘lgan joyda 72 yoki 74 haydab o‘tsa, bu qoidabuzarlik hisoblanmasligi kerak, deydi. Suhbatdoshlarimizning aytishicha, chindan ham shunday. Mamlakat bo‘yicha qo‘yilgan radarlarning barchasi haydovchining foydasiga 5 km tashlab, keyin jarima yozadi. Lekin jarima kvalifikatsiya qilinayotganda +5 qoidasi ishlamaydi. Aytaylik, cheklangan tezlik 70 bo‘lgan joyda 90 haydasa, ma'lum miqdorda jarima, 91 haydasa, ko‘proq jarima to‘lanadi. Ma'lum bo‘lishicha, +5 qoidasi faqat birinchi holatda, ya'ni belgilangan cheklovdan oshgandagi dastlabgi 5 km.da ahamiyatli bo‘ladi. Jarima tasniflanganda esa +5 qoidasi ishlamaydi. Ya'ni, cheklangan tezlik 70 bo‘lgan joyda 90 uchun alohida jarima, 91 dan boshlab boshqa, ko‘proq miqdorda jarima belgilanadi.
Suhbatning to‘liq tafsilotini yuqorida havolasi taqdim etilgan Kun.uz'ning YouTube'dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
Bobur Akmalov suhbatlashdi
Tasvirchi va montaj ustasi Abdusalim Abduvohidov
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV
Jahon | 00:43
-
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi
Jahon | 00:18
-
Toshkentdagi tungi klub oldida fuqarolarni kaltaklagan erkak Qozog‘istonda ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 17.03.2025
-
BYD elektromobillarni 5 daqiqada quvvatlash imkonini beradigan yangi tizimni taqdim etdi
Fan-texnika | 23:25 / 17.03.2025
Mavzuga oid

19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi

12:38 / 25.02.2025
Hozircha kamera va radarlarga tushganda yoziladigan jarimalar 12 balli tizimga qo‘shib hisoblanmaydi

18:41 / 29.04.2024
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi

10:15 / 27.03.2024