Hozircha kamera va radarlarga tushganda yoziladigan jarimalar 12 balli tizimga qo‘shib hisoblanmaydi
Haydovchilar uchun 12 balli jarimalar tizimi faqat YHX xodimlari tomonidan tuzilgan dalolatnomalar asosida hisoblanadi. Ko‘chalardagi texnik vositalar orqali tuzilgan dalolatnomalar bundan mustasno.
O‘zbekistonda haydovchilarga hisoblanadigan jarima ballari faqatgina YPX inspektorlari tuzgan bayonnomalar asosida shakllanadi. Bu haqda YHXX boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov 25 fevral kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Xalqimizning kelib tushgan takliflari va ijtimoiy holatni inobatga olgan holda faqat yo‘l patrul xizmati inspektori tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma asosida ballik tizimga o‘tiladi. Qoidabuzarliklarni bazada hisoblash IIV YHXX tomonidan elektron tarzda amalga oshiradi. Bu yerda inson omili bo‘lmaydi», — dedi Erali Bozorov.
Qo‘shimcha qilinishicha, kelgusida kamera va radarlarga tushganda yoziladigan jarimalarni ham 12 balli tizimga qo‘shib hisoblash rejalashtirilgan.
20 fevral kuni yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchilar kamida 6 oy muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.
Bunda 14 turdagi yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun haydovchiga nisbatan asosiy jazo bilan birga jarima ballari hisoblab boriladi. Bular quyidagi huquqbuzarliklar:
- MJtK 125-moddasi uchinchi qismi – haydovchilarning tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi bo‘lgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi;
- 125-modda beshinchi qismi – foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish;
- 126-modda – ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish;
- 127-modda birinchi qismi – tovush signalini sababsiz berish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek ularni o‘zgartirib o‘rnatish;
- 128-3-modda – transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi;
- 128-4-modda ikkinchi qismi – transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi;
- 128-5-modda – transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi;
- 128-6-modda – transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi;
- 128-8-modda – transport vositasida odam tashish qoidalarini buzish (yangi modda);
- 128-9-modda – transport vositalarini quvib o‘tish qoidalarini buzish (yangi modda);
- 129-modda – transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi;
- 130-modda – transport vositalari haydovchilarining temiryo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzishi;
- 137-modda birinchi qismi – yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi.
Bunda sodir etilgan har bir huquqbuzarlik uchun hisoblanadigan jarima ballining eng yuqori miqdori 2 balldan oshmasligi kerak.
Jarima ballari belgilangan huquqbuzarliklardan biri birinchi marta sodir etilgan kundan e’tiboran bir yil davomida hisoblab boriladi. Ushbu jarima ballarining har biri bir yildan so‘ng avtomatlashtirilgan tarzda yechib boriladi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvga tayyorlanmoqda - Axios
Jahon | 22:36
-
Uch daqiqa jismoniy faollik yurak kasalliklari xavfini kamaytirishi aniqlandi
Jahon | 22:00
-
AQSh davlat kotibi kelasi hafta Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha muzokaralar uchun «nihoyatda muhim» bo‘lishini aytdi
Jahon | 21:23
-
Qozog‘iston hukumati 9 may kuni tantanali yurishlar o‘tkazishni taqiqladi
Jahon | 20:59
Mavzuga oid

17:47 / 23.04.2025
Namanganda radarlar mashmashasi: kim haq?

18:38 / 21.04.2025
“Fuqarolarga zarar keltirmoqda” – Namangan shahar hokimi viloyat YHXBdan noqonuniy radarlarni olib tashlashni so‘radi

20:14 / 13.04.2025
«Radar ovlovchi» – Andijonda haydovchi 52 ta radarni pnevmatik miltig‘i bilan ishdan chiqardi

17:25 / 02.04.2025