«Profilaktika tadbirlari takomillashib bormoqda» – Otabekov dezinfeksiya tunnellaridan foydalanish to‘xtatilganiga izoh berdi

Jamiyat 16:54 / 18.09.2020 3013

«Dezinfeksion tunnellar AQSh, Rossiya, Fransiya davlatlari singari ko‘plab davlatlar qatorida O‘zbekistonda ham uzoq muddat davomida qo‘llab kelindi. Ushbu vosita havoni, odamlarning ustki kiyim-boshlarini, kichkina gabaritli transportlarni dezinfeksiya qilish uchun mo‘ljallangan. 

Dezinfeksion tunnellarda ham viruslar, shu jumladan koronavirus va boshqa mikroorganizmlarni nobud bo‘lishiga olib keluvchi dezinfeksiya vositalari ishlatiladi.

Maxsus komissiyaning 46-sonli qaroriga ko‘ra, hozirgi kunda binolar va boshqa obektlarga kiraverishda dezinfeksion tunellar o‘rnatish to‘xtatildi. Ushbu qaror Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra qabul qilindi. Olimlar, virusologlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida dezinfeksion tunnellar orqali dezinfeksiya o‘rtacha 5-30 sekundni tashkil etib, viruslarni inaktivatsiya qilish uchun bu vaqt yetarli emas degan xulosaga kelindi.

Tan olish kerak, hozir ham ba'zi davlatlarda xususan Italiya, Singapur, Malayziyada ham dezinfeksion tunnellardan foydalanishga ruxsat berilgan.

Alohida e'tirof etish bo‘lgan narsa shuki, koronavirus kasalligi tashxisi, davolash usullari va profilaktikasiga qaratilgan tadbirlar takomillashib bordi. Shu paytgacha JSSTning ham aniq takliflari yo‘q edi. Hatto koronavirus kasalligiga chalinganlarni davolash bo‘yicha protokollar ham muntazam o‘zgarib bordi va O‘zbekistonda shu kunga qadar 6ta davolash protokoli amaliyotga kiritildi», dedi shtab a'zosi AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

  • Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi boshida SSV dezinfeksiya tunnellari – koronavirusga qarshi eng foydasiz chora ekani haqida xabar berdi. 16 sentabr kuni esa O‘zbekistonda dezinfeksiya tunnellari taqiqlanishi, buning o‘rniga sanitayzer-dispenser qurilmalari o‘rnatilishi ma'lum qilindi.
Ko‘proq yangiliklar: