SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror
O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkir respirator virusli infeksiyalar avj olgani rad etildi. Kasalliklar mavsumiy ekani ta’kidlandi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkir respirator virusli infeksiyalar avj olgani, ayniqsa, maktab va bog‘chalarda kasallik keng tarqalgani, oqibatda poliklinikalar emlanmagan bemor bolalar bilan to‘lgani haqida xabarlar haqiqatga zid ekanini ma’lum qildi.
— Avvalo, shuni aytish kerakki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bu xabarlar haqiqatga zid, — dedi mutaxassis. — Boisi ayni paytda yurtimizda mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror va xavotirlanishga hech qanday asos yo‘q. Gap shundaki, havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan o‘tkir respirator virusli infeksiyalar mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, ularning ko‘tarilish davri kuz-qish va qish-bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Bundan esa zinhor xavotirga tushish kerak emas.
Otabekov so‘zlariga ko‘ra, havoning tez-tez o‘zgaruvchanligi bois aksariyat insonlar mavsumga mos kiyinishga yetarlicha e’tibor qaratmaydi. Qolaversa, bunday iqlim sharoitida xonadonlar va yopiq bino-inshootlarda havo almashinuvi kamayishi hisobiga atmosferada viruslar konsentratsiyasi oshishi kuzatiladi.
«Bilamizki, respirator xastaliklarni keltirib chiqaradigan viruslarning turlari juda ko‘p. Gripp, paragripp, renovirus, adenovirus, hatto, koronavirus infeksiyalari shular jumlasidan. Shu sababli hozir kuzatilayotgan o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni tabiiy holat, deb qabul qilish zarur. Bunday paytda, eng avvalo, epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlash uchun bemorlar jamoat joylariga chiqishdan, odamlar bilan muloqotdan imkon qadar o‘zini cheklashi, ijtimoiy masofa saqlashi lozim», dedi mutaxassis.
Otabekov virusga chalingan odamlar va ularning parvarishi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar tibbiy niqobda bo‘lishini tavsiya etdi. Xastalik belgilari kuzatilganlar shifokor tavsiyasi asosida davo muolajalarini boshlashi lozimligini ta’kidladi.
«Qolaversa, har bir odam immunitet mustahkamligini ta’minlash uchun meva-sabzavotlar, turli ko‘katlar va qaynatmalar iste’mol qilishi hamda mavsumga mos kiyinishi lozim», dedi mutaxassis.
Mavzuga oid

17:37 / 31.01.2025
“Bu ma’lumotni berib borishimiz kerak” – Nurmat Otabekov havo ifloslanishidan erta ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida

20:26 / 05.01.2025
Xitoyda metapnevmovirus grippdan keyingi ikkinchi eng ko‘p tarqalgan O‘RVIga aylandi

18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV

18:12 / 17.08.2024