Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, Payariqdagi ko‘p qavatli uydagi xonadonlardan birida bir yoshli qizcha qulflanib qolgan. Shundan so‘ng, qizchaning ota-onasi zudlik bilan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qo‘ng‘iroq qiladi.
Hodisa joyiga yetib borgan xodimlar maxsus narvon yordamida xonadon derazasidan ichkariga kiradi va eshikni ochib, bolani ota-onasiga sog‘-omon topshiradi.