Olmaliqda marixuana qovurayotgan fuqarolar ushlandi

Jamiyat 12:53 / 07.09.2020 6502

2020 yilning 1 sentabr kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida IIO xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, 34 yoshli X.A. va 25 yoshli B.U. “Zarya” uyushmasi 3-ko‘chasida joylashgan B.U.ga tegishli dalahovlida 675 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasini qozonda qovurayotganliklari aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bundan tashqari qozon oldidan 1 kg. 251 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasi topilib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. B.U. va X.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: