«Ipak Yo‘li» banki: «yashil» tadbirkorlar so‘zda emas, amalda rag‘batlantiriladi!

Jamiyat 16:20 / 07.09.2020 2917

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi «2019-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasining «Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 4477-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, bundan asosiy maqsadlardan biri – xususiy sektorda «yashil» va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali tabiiy va suv resurslarini saqlab qolish, bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston biznesini samarali, resurslarni tejaydigan va ekologik jihatdan toza faoliyatga o‘zgartirilishiga erishiladi.

Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Ipak Yo‘li» banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida GEFF [Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish mexanizmi] dasturini amalga oshirish uchun 5 million AQSh dollari miqdorida qarz kelishuvi imzolangan. Ushbu kelishuvning maqsadi tadbirkorlarning biznesini «Yashil iqtisodiyot»ga o‘tishiga qaratilgan loyihalarini moliyalashtirishdan iborat bo‘lib, bu quyidagilarni anglatadi:

  • Energiya tejash;
  • Qayta tiklanadigan energiya;
  • Suvni tejash;
  • Materiallarni tejash.

Yuqoridagi kelishuv doirasida YeTTB tomonidan taqdim etilgan xalqaro muhandislar ishtirokida «Ipak Yo‘li» banki YeTTB taqdim etgan kredit liniyasi hisobiga butun respublika bo‘ylab «yashil texnologiyalar» sohasidagi 13ta loyihani moliyalashtirdi. Bugungi kunga qadar 4 loyiha xalqaro muhandislar nazoratidan muvaffaqiyatli o‘tib, loyiha tashabbuskorlariga ajratilgan krelit miqdorining 10 foizi miqdorida, jami 73 186,52 AQSh dollarilik grant mablag‘lari ajratildi.

«Ushbu mablag‘lar pandemiya davrida tadbirkorlar «dardiga malham» bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi, ya'ni grant mablag‘larini o‘z biznesnlarini tiklash uchun sarflashlari mumkin. Ushbu dastur bo‘yicha qo‘lgan loyhalar xalqaro muhandislar nazoratidan o‘tmoqda va tez orada loyiha tashabbuskorlari grant ko‘rinishidagi mablag‘larini oladilar», - ta'kidladi «Ipak Yo‘li» bankidagi ushbu dastur koordinatori Umarxon Abbosxonov.

«Ipak Yo‘li» banki Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: