30 kishilik to‘ylarni o‘tkazish bilan bog‘liq tartib sentabr oyida ham saqlanib qoladi - shtab a'zosi

Jamiyat 15:48 / 07.09.2020 7152

«Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 31 avgustdagi 45-sonli bayoniga muvofiq ayni kunlarda 30 kishilik to‘ylar o‘tkazilishiga ruxsat berilgan. Agar karantin choralari kuchaytirilmasa shu tartib sentabr oyida ham davom etadi», dedi Rustam Ikromov.

Brifingda maktab oshxonalarida bir martalik idishlarda qaynoq ichimlik va shirinliklar sotish to‘g‘risidagi savolga ham javob berildi.

«Maktablardagi oshxonalarga koronavirus infeksiyasining oldini olishga qaratilgan tartiblarga amal qilgan holda faoliyat ko‘rsatishlariga ruxsat berildi. Bunda asosiy e'tibor, ovqatlarning xavfsizligiga, ovqatlanish joylari muntazam zararsizlantirilishiga, oshpazlar va iste'molchilarning ijtimoiy masofa saqlashi hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilishiga qaratilishi lozim», dedi shtab a'zosi.

Ko‘proq yangiliklar: