O‘qishni ko‘chirish imtihonida qatnasha olmagan O‘zbekistondagi talabalar uchun qo‘shimcha testlar o‘tkaziladi

Jamiyat 23:15 / 06.09.2020 8755

Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishini respublika OTMlariga ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan (ariza bergan) va 2020 yil 5-6 sentabr kunlari uzrli sabablarga ko‘ra onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan talabalar uchun onlayn test sinovlari o‘tkaziladi.

Onlayn test topshiradigan mazkur talabalar hududiy joylashuvi bo‘yicha belgilangan joylardan test sinovlarida qatnashishi mumkin, deb ma'lum qildi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.

Testlar 7 sentabr kuni soat 10:00da boshlanadi. Test o‘tkaziladigan joy(bino)ga soat 9:00da yetib borish lozim.

Xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan o‘qishini respublika oliy ta'lim muassasalariga ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabalar uchun onlayn test sinovlari o‘tkaziladigan joylar: 

  • Andijon davlat universiteti – Universitet Xorijiy tillar fakulteti sport zali binosi. Manzil: Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasi, 5-uy.
  • Buxoro muhandislik-texnologiya instituti – Institut axborot resurs markazi. Manzil: Buxoro shahar, Qayum Murtazoyev ko‘chasi, 15-uy.
  • Farg‘ona davlat universiteti – Universitet axborot resurs markazi 1-qavati. Manzil: Farg‘ona shahar, Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy.
  • Jizzax politexnika instituti – Institut bosh binosi sport zali va axborot resurs markazi. Manzil: Jizzax shahar, I.Karimov shox ko‘chasi 4-uy.
  • Namangan muxandislik– qurilish instituti – NamMQI qoshidagi Do‘stlik akademik litsey sport zali. Manzil: Namangan shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 12-uy.
  • Navoiy davlat pedagogika instituti – Institut bosh o‘quv bino foyesi. Manzil: Navoiy shahar, Ibn Sino ko‘chasi, 45 –uy. 
  • Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti – Institut sport zali. Manzil: Qarshi shahar, Mustaqillik ko‘chasi, 225-uy.
  • Qoraqalpoq davlat universiteti – Universitet bosh o‘quv bino foyesi. Manzil: Nukus shahar, Akademik Chardjao Abdirov ko‘chasi, 1-uy.
  • Samarqand davlat chet tillar instituti – Institut bosh binosi. Manzil: Samarqand shahar, Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 93-uy.
  • Guliston davlat universiteti – Universitet axborot resurs markazi. Manzil: Guliston shahar, 4-mavze, Bosh bino, ARM.
  • Termiz davlat universiteti – Universitet sport zali. Manzil: Termiz shahar, Barkamol Avlod ko‘chasi, 43.
  • Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti – Universitet axborot resurs markazi. Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yusuf xos Hojib ko‘chasi, 103-uy.
  • Urganch davlat universiteti – Universitet sport zali. Manzil: Urganch shahar, Hamid Olimjon ko‘chasi, 14-uy.

Ma'lumot uchun, belgilangan muddatlarda o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan, ammo xorijdan yetib kela olmagani sababli 5-6 sentabr kunlari o‘tkazilgan sinovlarda qatnasha olmagan talabalar uchun oktabr oyining birinchi o‘n kunligida imtihonlar o‘tkaziladi. 

Ko‘proq yangiliklar: