LG WashTower™ kiyimlarni parvarishlashdagi samaradorlik va qulaylikning yangi standartlarini belgilaydi

Jamiyat 12:30 / 06.09.2020 6528

IFA 2020 ko‘rgazmasi doirasida LG kompaniyasi uy ishlarida qulaylikning yanada yuqori darajasini istaganlar uchun mo‘ljallangan yangi mahsulotlarning virtual taqdimotini o‘tkazmoqda. LG WashTower™  o‘zida kir yuvish va quritish mashinalarining yagona kompleksini mujassam etgan bo‘lib, u LG yangi texnologiyalari va intellektual funksiyalari yordamida kiyimlarni ehtiyotkorlik bilan yuvish va foydalanishdagi beqiyos qulaylikni ta'minlaydi. Innovatsion kompleks joriy yilning o‘zida ayrim davlatlarda sotuvga chiqarila boshlaydi.

Boshqa ishlab chiqaruvchilarning kir yuvuvchi-qurituvchi mashinalaridan farqli o‘laroq, LG WashTower™ boshidan yagona yechim sifatida loyihalashtirilgan. Kir yuvish siklining boshida ichki blok to‘laqonli siklni amalga oshirish uchun qancha vaqt zarur bo‘lishini aniqlaydi va ko‘rsatadi:  kir yuvish uchun ham, quritish uchun ham. Kir yuvish mashinasi natijani yaxshilash va umumiy tozalash vaqtini qisqartirish uchun avtomatik tarzda optimal parametrlarni sozlaydigan va barabanni avvaldan qizdiradigan eslatmani quritgichga yuboradi.

WashTower ishlab chiqish davomida LG dizaynerlari foydalanishda maksimal darajadagi oddiylikni ta'minlash uchun barcha ishni amalga oshirishgan.  Har bir uskunasi alohida boshqaruv paneliga ega bo‘lgan odatiy kir yuvish va quritish mashinalaridan farqli ravishda WashTower'da intuitiv tushunarli interfeysli yagona panel mavjud. Universal boshqaruv paneli yordamida uskunalarning istalgan sozlamasini osongina boshqarish mumkin.

LG WashTower™ balandligi kir yuvish va quritish mashinalarining o‘rtacha kombinatsiyalariga nisbatan qariyb 87 millimetrga pastroq bo‘lib, buning natijasida yuqorida o‘rnatilgan quritish barabanini yuklash yanada osonlashadi. Bundan tashqari, WashTower yaxshigina joylashuv kengligiga ega: kir mashinasiga 17 kg gacha bo‘lgan kiyimlarni, quritishga esa – 16 kg gacha bo‘lgan kiyim-kechaklarni solish imkoni mavjud.

LG'ning eng ilg‘or kir yuvish texnologiyalari hamda intellektual funksiyalarini o‘zida birlashtirgan holda WashTower yuqori ish samaradorligi va foydalanishdagi osonlikni ta'minlab beradi. TurboWash™ 360° va Artificial Intelligence Direct Drive™ (AI DD™) texnologiyalari tufayli qurilma yanada tezkor, ehtiyotkor va  tozaroq kir yuvishni kafolatlaydi. WashTower har bir kir uyumi uchun optimal algoritmni tanlash uchun kiyimlarning og‘irligi va yumshoqlik darajasini mustaqil ravishda aniqlaydi. Mukammallashtirilgan sun'iy intellekt samaradorlikni yo‘qotmagan holda sikl vaqti va energiya iste'molini qisqartiradi. Quritish mashinasi esa maksimal tozalikni ta'minlash hamda tarqalgan bakteriyalarni 99,99 foizgacha yo‘q qilish uchun LG'ning bug‘ texnologiyasidan foydalanadi.

«TWINWash, endilikda WashTower kabi innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqara turib, LG kompaniyasi foydalanishdagi qulaylikni va uydagi tejamkorlikni oshirishga  bo‘lgan o‘z yondoshuvini namoyish etadi», – deya qayd etadi LG Electronics Home Appliance & Air Solution prezidenti Daxyun Song. «Mazkur kompleks yechim – kundalik ishlarni tartibga solish va iste'molchilarga yaxshi hayot uchun yanada ko‘proq erkinlik ulashish yo‘lidagi doimiy harakatlarimizning munosib natijasidir».

Joriy yil IFA ko‘rgazmasida LG kompaniyasi sentabr oyigacha davom etadigan virtual ekspozitsiyani taqdim etadi. Unda "Kiyimlarni parvarishlash" bo‘limida LG WashTower™ kabi barcha yangi modellar bilan tanishish imkoni mavjud. Qo‘shimcha reallik imkoniyati ko‘rgazma ishtirokchilariga LG mahsulotlari o‘z uylarida qanday ko‘rinishda bo‘lishini tasavvur qilishlariga yordam beradi. 

Batafsil: lg.com/global/exhibition/appliances

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: