Toshkentda uy xizmatchisi chet el fuqarosini tunadi

Jamiyat 12:07 / 05.09.2020 8437

2020 yilning 31 avgust kuni soat 18:00dan 19:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, 28 yoshli K.K. (ayol) o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumani 6-mavzeda vaqtinchalik farrosh bo‘lib ishlab kelib, ushbu xonadonda vaqtinchalik istiqomat qiluvchi Turkiya fuqarosi 55 yoshli N.E.ga tegishli 7.000.000 so‘m miqdoridagi naqd pul mablag‘lari va bahosi 3.500.000 so‘mga teng bo‘lgan Cartier rusumli erkaklar qo‘l soatini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, K.K. N.E.ga jami 10.500.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan jami 15 dona skotch bo‘laklariga qo‘l barmoq izlari olingan hamda tergov oldi tekshiruv harakatlari davomida K.K.dan 1.000.000 so‘m miqdoridagi naqd pullar va N.E.ga tegishli bo‘lgan Cartier rusumli erkaklar qo‘l soati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, K.K. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: