Samaradan 922 nafar o‘zbekistonlik poyezdda Samarqandga olib kelindi

Jamiyat 07:53 / 04.09.2020 3338

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent – Kinel –Toshkent” temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.  

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 31 avgust kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 922 nafar o‘zbekistonlik bilan “Kinel” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan. 

Qayd etilishicha, mazkur poyezd 2 sentabr kuni Samarqand shahriga yetib keldi. 

Bildirilishicha, ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda viloyatdagi karantin zonalariga yetkazildi.   

Ko‘proq yangiliklar: