MB xabarida aytilishicha, uy xo‘jaliklarining ayrim oziq-ovqat mahsulotlariga o‘rtacha oylik xarajatlari tahlil qilindi. Bunda, I chorakda barcha daromad guruhidagi aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha xarajatlari I chorakka nisbatan sezilarli darajada qisqargan. Mazkur holat koronavirus pandemiyasi davrida aholi daromadlarining kamayishi hamda xarajatlarning optimallashtirilishi bilan izohlanadi.
Uy xo‘jaliklarining go‘sht mahsulotlari uchun o‘rtacha oylik xarajatlari II chorakda oldingi chorakka nisbatan sezilarli darajada qisqargan. Xususan, oylik daromadi 2 mln. so‘mgacha bo‘lgan aholining oylik o‘rtacha go‘sht mahsulotlari xaridi I chorakka nisbatan 39,5 foizga yoki 107 ming so‘mga kamayib 164 ming so‘mni tashkil etgan.
Mazkur farq oylik daromadi 2-4 mln. so‘m bo‘lgan uy xo‘jaliklarida 161 ming so‘mga, daromadi 10 mln. so‘mdan yuqori bo‘lgan uy xo‘jaliklarida 528 ming so‘mni tashkil etdi.
II chorakdagi karantin cheklovlari uy xo‘jaliklarining xizmatlar uchun xarajatlariga ham sezilarli darajada kamaytiruvchi ta'sir ko‘rsatgan. Jumladan, ushbu chorakda uy xo‘jaliklarining transport xizmatlari bo‘yicha xarajatlari o‘tgan chorakdagi o‘rtacha oylik xarajatlarga nisbatan – 16 foizga kamaydi.