O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmayapti

O‘zbekiston 11:15 1593

Juma kuni kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, Navoiy viloyati shimolida va kechga tomon Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha harorat 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Shanba va yakshanba kunlari respublika bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechalari hali ham sovuq ob-havo saqlanib turadi, harorat 0...–5 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh havoni +5...+8 darajagacha, janubda +10...+12 darajagacha isitadi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.

Toshkent shahrida juma kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon kuchsiz qor yog‘ishi mumkin. Harorat +2...+4 daraja bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechalari –2...–5 daraja, kunduz kunlari +5...+8 daraja bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: