Jamoat transporti o‘z faoliyatini qayta tiklamoqda. «Toshshahartransxizmat» maxsus ma'lumot bilan chiqdi

Jamiyat 14:28 / 14.08.2020 26426

Unga ko‘ra, hududlar aro qatnovchi jamoat transporti (metropolitendan tashqari) harakati joriy yilning 17 avgustidan boshlab qayta yo‘lga qo‘yiladi. Sanitariya va epidemiologik osoyishtalikni saqlash maqsadida transport vositalarini dezinfeksiyalash qat'iy nazoratga olinadi. 

"Toshshahartransxizmat" xabariga ko‘ra, yo‘nalishga chiqish oldidan har bir haydovchi va chiptachi tana harorati tibbiy me'yorda bo‘lgan holda, tibbiy niqob va qo‘lqop bilan ta'minlanishi nazoratga olinadi.

Yo‘nalishga chiqish oldidan "Toshshahartransxizmat" tarkibidagi har bir avtosaroyda har bir avtobus to‘liq dezinfeksiya qilinadi. Qolaversa, har bir yo‘nalishdan qaytgan avtobus qayta dezinfeksiyadan o‘tkaziladi. 

Sanitariya talablari doirasida yo‘lovchilarning avtobus saloniga chiqishda va avtobus ichida tibbiy niqobda bo‘lishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar avtobus saloniga chiqarilmaydi. 

“Hurmatli yo‘lovchilar! Karantin talablari yumshatilib, barcha faoliyatlarga erkinlik berilayotgani sanitariya qoidalarni chetlab o‘tishga yoki unga amal qilmaslikka asos bo‘lmaydi. Birgina beparvolik kasallik o‘choqlarining yana avj olishiga olib kelishi mumkin. Shunday ekan karantin me'yorlari va belgilangan talablarga og‘ishmay amal qilib, o‘zimiz va atrofdagilarning salomatligini saqlashga o‘z hissamizni qo‘shaylik”, - deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: