Italiya 3 million fuqaroni zaharlashda ayblandi
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rimga zaharli chiqindixonalar muammosini hal qilish uchun ikki yil muddat berdi. Ulardan 2,9 million kishi aziyat chekmoqda.

Foto: AP
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Italiyani Neapol shahri atrofidagi zaharli chiqindilar bilan ifloslangan hududda yashovchi qariyb 3 million fuqaroning huquqlarini buzishda aybdor deb topdi. Noqonuniy chiqindixonalarni bartaraf etish uchun Rimga ikki yil muddat berildi.
Italiya hukumati vakillarining ta’kidlashicha, atrof-muhit ifloslanishining kamida bir qismi chiqindilarni yo‘q qilish bo‘yicha bir necha milliard dollarlik bitimlar bilan bog‘liq. Bu bitimlarda esa “Kamorra” mafiya guruhi ishtirok etgan.
Yevropa sudi muammoning yillar davomida hal qilinmayotgani, bu vaqt ichida chiqindixonalar yer osti suvlarini zaharlab, insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.
Italiya ustidan Yevropa sudiga da’vo arizasini 41 kishilik fuqarolar guruhi topshirgan. Ularni beshta mintaqaviy tashkilot qo‘llab-quvvatlagan.
Bu Yevropa sudining Italiyani zaharli chiqindilarni nazorat qilmaslikda ayblagan birinchi holat emas. 2014 yilda mamlakat shu sabab bilan 40 million yevro miqdorida jarimaga tortilgandi. O‘sha paytda bu Yevropa Ittifoqi a’zosiga qo‘yilgan eng katta jarima hisoblanardi.
Mavzuga oid

16:51 / 08.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi

17:44 / 06.03.2025
Toshkent shahri hokimligi bir xonadonga 3 qopdan chiqindi limiti qo‘yilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

21:30 / 20.02.2025