Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yagona valuta yaratmoqchi bo‘layotgan BRICS mamlakatlariga tahdid qildi
AQSh rahbari bunga urinayotgan davlatlarni 100 foizlik bojlar bilan ogohlantirdi.

Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp BRICS davlatlariga yangi valuta yaratish va dollardan voz kechishga urinishlari uchun 100 foizlik boj bilan tahdid qildi.
Trampning aytishicha, Amerika «dushman davlatlardan» yangi valuta yaratmaslik yoki «qudratli AQSh dollari» o‘rnini bosuvchi boshqa valutani qo‘llab-quvvatlamaslik majburiyatini talab qiladi. «Yoki ular 100 foizlik tariflarga duch keladi va AQSh buyuk iqtisodiyotiga mahsulot sotish imkoniyati bilan xayrlashadi», deb yozdi Tramp Truth Social sahifasida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, BRICS davlatlarida «xalqaro savdoda yoki boshqa joyda AQSh dollarini almashtirishi uchun hech qanday imkoniyat yo‘q» va bunga harakat qilgan har qanday davlat «bojlarni olqishlab, Amerika bilan xayrlashishi» kerak.
BRICS (Brazil, Russia, India, China, South Africa davlatlari nomining bosh harflaridan tuzilgan qisqartma) 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, keyinchalik unga Janubiy Afrika qo‘shilgan. 2024 yil 2 yanvar kuni unga Misr, Eron, BAA va Efiopiya qabul qilindi.
2023 yilda Yohannesburgda bo‘lib o‘tgan BRICS sammitida yagona valuta yaratish masalasi muhokama qilindi. Muhokama ishtirokchilari ushbu valutaning maqsadini savdo va loyihalarni moliyalashtirishni soddalashtirish, shuningdek, xalqaro hisob-kitoblarda dollar va yevroga qaramlikni kamaytirish deb atagan.
Tramp 2024 yil noyabrida ham BRICS yagona valutasini yaratishga urinishlarga boj tariflari bilan tahdid qilgan edi. «Ular boshqa ahmoqni topishi mumkin. BRICS valutasining xalqaro savdoda AQSh dollari o‘rnini egallashiga hech qanday imkoniyat yo‘q», dedi Tramp.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57
-
“Vagner”ga yollangan o‘zbekistonlik jinoiy jazoga tortildi
Jamiyat | 21:37
-
Tramp Coca-Cola retseptini o‘zgartirishni talab qildi, kompaniya bunga rozi
Iqtisodiyot | 21:30
-
“400 mln so‘m sarflagandik” – Toshkentda hokimlik fuqarolar barpo qilgan yashil hududni auksionda sotib yubordi
Jamiyat | 21:19
Mavzuga oid

21:30
Tramp Coca-Cola retseptini o‘zgartirishni talab qildi, kompaniya bunga rozi

10:30
Mers AQShga Trampning tariflariga qat’iy javob bilan tahdid qildi

07:51
Germaniya sudi AQSh dronlari zarbasi bo‘yicha shikoyatni rad etdi

07:15