Olmazor Business City turar joy majmuasining barcha uylari albatta tom yopishning gidroizolyatsiya tizimi sinovidan o‘tkaziladi. So‘nggi o‘n yilliklarda poytaxtda yillik yog‘ingarchilik miqdori 60 mm. ga oshib, yiliga 460 mm. ni tashkil etganligini hisobga olsak, material va qoplama usullarini tanlash dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Mukammal tom mutlaqo tekis va germetik, minimal darajada ulangan bo‘lishi kerak. Yuqori sifatli bitum va polimer materiallari bardoshli, turli haroratga chidamli bo‘lib, binoning gidro va issiqlik izolyatsiyasini yaxshi ta'minlaydi.
Kompaniya tomonidan qo‘llaniladigan usul, tomni ikki qatlam beton qilib, gidroizolyatsiya va saqichlar bilan qoplash hisoblanadi. Shundan so‘ng tomga yillik yog‘ingarchilik miqdoriga mos keladigan miqdorda suv quyiladi hamda 6 kun mobaynida ushlab turiladi. Sinovdan so‘ng texnik nazorat maxsus komissiyasi binolarni tomini, suv o‘tishi mumkin bo‘lgan joylarni sinchkovlik bilan tekshiradi.
Olmazor Business City – mustahkam uylardagi ishonchli tomlar!
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik Halqa Yo‘li ko‘chasi, 3-G uy.
Mo‘ljal: Shimoliy Olmazor chorrahasi.
Sotuv ofisi soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44
Instagram: @bizninguylar
Facebook: fb.com/bizninguylar
Telegram: t.me/bizninguylar
Sayt: www.bizninguylar.uz
Reklama huquqi asosida