Qayd qilinishicha, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va unga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shaxs va jinoiy guruhlarni aniqlash maqsadida jami 946 ta maxsus tadbir o‘tkazilgan.
Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etishga moyil, respublikadagi kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 418 nafar shaxs aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari doirasida 169 nafar shaxslar qamoqqa olinib, 42 ta jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan. 399 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 270 nafari ma’muriy qamoqqa olingan. Qidiruvdagi 109 nafar shaxs ushlangan. 536 nafar shaxs bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, 402 nafari rasmiy ogohlantirilgan.
Shuningdek, tadbirlar davomida noqonuniy muomaladan 80 ta qurol o‘q-dorilari bilan, 30 kg 337 gr giyohvandlik vositalari, 4 ming 521 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, 186 dona tig‘, 22 dona bita va 17 dona kastet olingan.
Ta’kidlanishicha, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tezkor tadbirlar boshqa yo‘nalishlarda ham davom ettiriladi.