Shayxontohurdagi ayrim manzillarda gaz ta'minoti o‘chiriladi

Jamiyat 17:07 / 03.08.2020 3169

Bugun, 3 avgust kuni, soat 15:20larda “Hududgaz poytaxt” gaz ta'minoti filialining markaziy avariya dispetcherlik xizmatiga Shayxontohur tumani “Ipakchi” ko‘chasidagi o‘rta bosimli yer osti gaz quvuridan gaz sizib chiqish holati bo‘yicha murojaat kelib tushgan.

“Yer osti gaz quvurlari xizmati” hamda “Shayxontohurtumangaz” ta'minoti bo‘limi tomonidan hozirda ta'mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. 

“Hududgaz poytaxt” GTF matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan “Ipakchi” ko‘chasidagi ko‘p qavatli 6ta uyning 192ta aholi va 30ta yerli aholi xonadonlari hamda manzildagi barcha ulgurji iste'molchilari vaqtincha gaz ta'minotidan uzib qo‘yiladi. 

Qayd etilishicha, ta'mirlash ishlaridan so‘ng aholiga gaz ta'minoti yana yetkazib beriladi. 

Ko‘proq yangiliklar: