Joriy yilning iyul oyi uchun xarid qilingan oylik yo‘l chiptalari karantin cheklovlari sabab 1 avgustdan 10 avgustga qadar qaytarib olinishi haqida xabar berilgan edi.
"Toshshahartransxizmat" AJ xabariga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan karantin muddati uzaytirilganini inobatga olib oylik yo‘l chiptalarini qabul qilish muddatini 1 sentyabrga qadar uzaytirildi.
“Buning uchun siz Toshkent shahar Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi 6-uyda joylashgan "Toshshahartransxizmat" AJning “Oylik yo‘l chiptalari va jyetonlar sotish bo‘limi”ga murojaat qilishingizni eslatib o‘tamiz”, - deyiladi xabarda.