Boysunda suv quvuri yorildi – video
29 iyul kuni surxondaryolik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan yo‘l chetida suv quvuri yorilgani va undan ko‘p miqdorda suv otilib chiqayotgani aks etgan videotasvir tarqatildi.

Videoni tasvirga olgan shaxs ushbu holatga «Darband suv kanali portlab ketdi», deya izoh bergan.
Kun.uz muxbiri vaziyatga aniqlik kiritish uchun Boysun tuman hokimligi axborot xizmati rahbari bilan bog‘landi. U mazkur hodisaga quyidagicha izoh berdi:
«Darband daryosidan ekin maydonlarini sug‘orish uchun nasos orqali balandlikka suv chiqarilgan. Elektr toki uzilishi natijasida suv katta bosim bilan ortga qaytgan va quvurni yorib yuborgan.
Voqea bugun, 29 iyul kuni soat 13:54da yuz bergan. Hozirda «Amu-Surxon» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan tuzatish-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda».
Mavzuga oid

21:40 / 20.01.2025
Energetika vazirligi: Boysundagi M25 konida to‘plangan gazni xavfsiz yoqish ishlari olib borilmoqda

15:30 / 20.01.2025
Video: Boysundagi M25 koni joylashgan hududda olovli maydonlar yuzaga kelgan

16:00 / 23.11.2024
“Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar” – Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi

19:44 / 19.11.2024