Fuqarolik ishlar bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining 16.04.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan da'vogar B.B.ga uning javobgari Yakkabog‘ tumani Muchunguzar qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sh.B.dan 13.03.2019 yildan boshlab har oyda aliment undirish belgilangan edi.
Farzand aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab kelgan. Joriy yilning 9 iyulida Byuroning Yakkabog‘ tuman bo‘lim davlat ijrochilarining huquqiy tushuntirishlari sababli ota va bola o‘zaro kelishib, yarashdilar. Shu munosabat bilan ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 40-moddasiga asosan undiruvchining arizasiga ko‘ra amalda tamomlandi.