“Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi
Farmonga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili joriy etiladi:
🔹turar va noturar joy obektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash;
🔹mavjud yer resurslaridan samarali (intensiv) foydalangan holda uy-joylar qurilishini tashkil qilish;
🔹uy-joy qurilishi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlarini qisqartirish;
🔹uy-joylarni ulush kiritish va ipoteka krediti asosida sotib olishning ishonchli va samarali imkoniyatini yaratish;
🔹uy-joylar qurilishida energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanishni ommalashtirish.