Kiyev Niderlandiyadan F-16'ning yana bir partiyasini kutmoqda
Ukraina Niderlandiyadan F-16 ko‘p maqsadli yengil qiruvchi samolyotlarining navbatdagi partiyasi yetkazib berilishini kutmoqda, dedi mudofaa vaziri Umerov niderlandiyalik hamkasbi bilan uchrashuvdan so‘ng.

Foto: AFP
Ukraina Niderlandiya 2025 yilda to‘rtinchi avlod F-16 ko‘p maqsadli yengil qiruvchi samolyotlarining yana bir partiyasini yetkazib berishini kutmoqda. Bu haqda 31 yanvar, juma kuni Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov Facebookʼda ma’lum qildi. U Haagada niderlandiyalik hamkasbi Ruben Brekelmans bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchuvchilar – muhandis-texnik xodimlarni tayyorlashni davom ettirmoqdamiz. Niderlandiya aviatsiya infratuzilmamiz va imkoniyatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlab, havo kuchlari koalitsiyasida muhim rol o‘ynaydi, dedi Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari.
Ikkinchi ustuvorlik — dronlar
Kiyev uchun F-16 dasturidan keyin ikkinchi ustuvor vazifa dronlarni olishdir. «Biz avvalroq e’lon qilingan 400 million yevroni taqsimlashni, shuningdek, uzoq masofali imkoniyatlar bo‘yicha keng ko‘lamli qo‘shma loyihalarni tayyorlashni muvofiqlashtirdik», — deya qo‘shimcha qildi ukrainalik vazir.
Shuningdek, kun tartibida artilleriya o‘q-dorilari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va to‘xtatuvchi raketalar bor. Kiyev Niderlandiya bilan qo‘shma mudofaa korxonalarini rivojlantirishga ham tayyor. «Biz yordam olish, undan jang maydonida samarali foydalanish va operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rejalarni sinxronlashtirdik», — deya xulosa qildi Umerov.
Mavzuga oid

09:01
Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash uchun investitsiya fondi tuzmoqda

00:31 / 30.04.2025
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi

00:22 / 25.04.2025
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi

18:50 / 24.04.2025