Sergelida «Matiz» urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi

Jamiyat 10:59 / 21.05.2020 5958

Joriy yilning 20 may kuni soat 00:05larda, Toshkent shahar, Sergeli tumani, THAY ko‘chasida joylashgan «Mustang» AYoQSh qarshisida haydovchi, 1997 y.t. M.M. (erkak) “Matiz” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda N.P.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda, 1952 y.t. N.P. (erkak) og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan yo‘llarda piyodalarga e'tiborli bo‘lishlarini, piyodalar belgilanmagan joylardan kesib o‘tmasliklarini, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: