Toshkent viloyatida usta tuzatish uchun qoldirilgan telefon orqali mijozning pullarini yechib oldi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIV axborot xizmati
Toshkent viloyati Angren shahrida ustaxonada qoldirilgan telefondan o‘zganing pullarini o‘g‘irlagan shaxs ushlangan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Angren shahrida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 9 mln so‘m noma’lum tarzda yechib olinganini bildirgan. Tezkor surishtiruvlar davomida bu ishni 31 yoshli telefon ustasi bo‘lgan shaxs sodir etgani aniqlangan.
Sevimli telekanalining Zamon informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, jabrlanuvchi buzilgan telefonini tuzatish uchun ustaga olib borgan.
Usta uni tuzatish paytida mobil ilovalar orqali bank kartasiga kirgan. So‘ng mijozning kartasiga tushgan 9 mln so‘mni o‘zining kartasiga o‘tkazib olib, pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib o‘g‘rilik qilish) bilan jinoyat ishi ochilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi

16:29 / 06.03.2025
AQShda erkak zargarlik do‘konidan 770 ming dollarlik ziraklarni o‘g‘irlab, yutib yubordi

09:40 / 06.03.2025