Chiroqchi tumanining qo‘shni Samarqand viloyati bilan chegara hududidagi aylanma yo‘llar orqali harakatlanib ketayotgan “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, transport vositasining old o‘rindig‘i ostiga fuqaro U.M.ga tegishli, 75 dona gugurt qutisiga joylangan 224 gramm marixuana giyohvandlik vositasi yashirilganligi va ushbu zahri qotillar Toshkent shahriga sotish uchun olib ketilayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.