«Assalom Do‘rmon yo‘li» turar-joy majmuasi xonadonlari savdosiga start berildi

Jamiyat 14:07 / 20.05.2020 22419

«Assalom Do‘rmon Yo‘li» – bu Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida, Temur Malik va Do‘rmon Yo‘li ko‘chalari kesishmasida joylashgan funksional turar-joy majmuasidir. Turar-joy hududi loyihasi fundamental tamoyillarni o‘z ichiga olgan Golden House standartlari asosida ishlab chiqilgan. Bizning barcha yangi loyihalarimiz ushbu tamoyillar asosida barpo etiladi.

«Assalom Do‘rmon Yo‘li» turar-joy majmuasi baxtli oilaviy hayot uchun mo‘ljallangan. Imkon qadar qulay sharoitlar bilan ta'minlash maqsadida, turar joy korpuslari sport va bolalar maydonlari, sayr uchun hududlar va xavfsiz avtoturargohlar bilan boyitilgan.

Turar-joy mavzesida barcha zarur infratuzilma obektlari shakllangan: savdo markazlari, oziq-ovqat do‘konlari, kafe va restoranlar, tibbiyot klinikalari va dorixonalar hamda ijtimoiy-maishiy yo‘nalishdagi boshqa obektlar. Majmuaning yaqinidagi ulkan transport chorrahasi shaharning istalgan qismiga qulay va tezda borish imkoniyatini beradi. Markazga esa shaxsiy avtotransportda atigi 10-15 daqiqa ichida yetib olish mumkin.

«Assalom Do‘rmon Yo‘li» hududida xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy maktab hamda farzandingiz qulayligi va rivoji uchun barcha kerakli jihozlar bilan ta'minlangan bolalar bog‘chasi qurilishi ko‘zda tutilgan.

Xonadonlar tayyor ta'mir bilan, «kalitgacha» tayyor holida taqdim etiladi, bu yetakchi ishlab chiqaruvchilarning kirish va xonalararo eshiklarini, polning laminatlangan qoplamasini, vannada sifatli keramik plitani, o‘rnatilgan santexnika uskunalarini hamda Yevropa brendining individual ikki konturli gaz qozonlarini o‘z ichiga oladi. Ta'mirlash va pardozlash ishlari professionallar tomonidan va kuchli sifat nazorati ostida amalga oshiriladi, bu tufayli yangi xonadon sohiblarida kalitni olgan kunlaridayoq uyga ko‘chib kelish imkoniyati bo‘ladi.

Tayyor ta'mir – bu «Assalom Do‘rmon Yo‘li»dan xonadon xarid qilganingizda taqdim etiladigan yagona bonus emas. Ramazon oyi davomida yana bir aksiya amal qilmoqda. Unga ko‘ra barcha yangi xaridorlar zamonaviy shovqinsiz konditsionerni sovg‘a tariqasida qo‘lga kiritadilar, u yilning istalgan vaqtida xonadoningizda siz uchun qulay haroratni ta'minlab beradi.

Bundan tashqari, xonadon xarid qilganingizda, Golden House o‘rnatilgan oshxona garnituri to‘plamini tuhfa qiladi. Qulay va ergonomik oshxona tufayli siz maydonning har bir santimetridan foydalana olasiz.

Shuningdek, sizni turli to‘lov usullari va qo‘shimcha imtiyozlar kutmoqda.

Turar-joy majmuasi haqida batafsil ma'lumotni saytdan yoki quyidagi telefon orqali olishingiz mumkin:

Sayt: assalomdormon.gh.uz

Telefon: +99878 777 55 88

Shuningdek, quyidagi manzilda joylashgan markaziy savdo ofisiga tashrif buyurib ham batafsil ma'lumot olishingiz mumkin:

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3 uy.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: