Joriy yilgi bahor mavsumi turli tabiiy ofatlarning ko‘pligi bilan yodimizda qoldi. Yog‘ingarchiliklar, kuchli shamol kabi tabiiy ofatlar ko‘plab xonadonlarga, aholiga va ayniqsa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlarga jiddiy zarar yetkazdi. Birgina misol, Sirdaryodagi Sardoba suv toshqini oqibatida juda ko‘plab tadbirkorlikka ixtisoslashgan binolar butunlay yaroqsiz holatga keldi. Buxorodagi kuchli shamol, ko‘plab ishlab chiqarish obektlariga, ularning tom qismiga jiddiy zarar yetkazdi. Bu tadbirkorlarning faoliyatini butunlay yoki qisman to‘xtab qolishiga sababchi bo‘ldi.
Misol uchun, 27 aprel kuni Buxoro viloyatida tezligi sekundiga 25 metr bo‘lgan shamol kuzatildi. Bu ofat oqibatida viloyat bo‘yicha 5293 ta bino, 415 ta transport vositasi, 42400 ta daraxt talafot ko‘rgan, o‘nlab kishilar turli darajada tan jarohati olgan, bir kishi vafot etgan. Navoiy viloyatining Konimex, Navbahor, Qiziltepa, Karmana tumanlaridagi, shuningdek, Qashqadaryodagi bir necha hududlarda joylashgan obektlar ham zarar ko‘rgan.
1 may kuni esa Sirdaryo viloyatida falokat ko‘lami uch kun oldingi ofatdan ham keng bo‘lgan suv toshqini sodir bo‘ldi. Sardoba suv omboridagi to‘g‘onning buzilib ketishi oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarining jami 32381 gektar maydonlari talafot ko‘rdi. Ushbu tumanlarning 10 ta mahalla fuqarolar yig‘ini, 23 ta aholi punkti, hududlardagi 4711 ta turar va 277 ta noturar joy obektlariga hamda 30718 gektar ekin maydonlariga zarar yetdi.
Albatta bunday vaziyatlarda zarar ko‘rilganda, turli kutilmagan ofatlar yuzaga kelganida xatarlarni oldini olish uchun tadbirkorlar va fuqarolar mol-mulklarini sug‘urtalash qanchalik muhim ekani ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa tadbirkorlar sug‘urta kompaniyalari bilan tuzgan sug‘urta shartnomalari, ularning joniga oro kiradi. Bugun tabiiy ofatlar natijasida zarar ko‘rgan tadbirkorlar oldida sug‘urta kompaniyalari shartnoma bo‘yicha qanday majburiyatlarni bajarishmoqda?
Xususan, «Euroasia Insurance» sug‘urta kompaniyasi mijozlari orasida ham ushbu talafotlardan zarar ko‘rganlar kam emas, hozirda ko‘rilgan zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha ekspert guruhlar ishlamoqda va zarar umumiy miqdori aniqlangandan so‘ng sug‘urta qoplamalari o‘z vaqtida to‘lanishini tashkil etiladi. Tabiiy ofat yuz bergan hududlarda ishchi guruhlar faol ish olib bormoqda.
Ma'lumot o‘rnida esa, «Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida sodir bo‘lgan suv toshqini natijasida sug‘urta kompaniya mijozi «DAVRONBEK – NUR» xususiy korxonasiga tegishli bino jiddiy zarar ko‘rib, butunlay yaroqsiz holga kelgan. Ekspert guruh xulosalariga asosan zarar miqdori 750 million so‘mga tengligi aniqlandi va ushbu summani qisqa muddatda to‘lab berildi. Bundan tashqari ishchi guruh tomonidan boshqa sug‘urtalangan obektlarga yetgan zararning to‘liq miqdorini aniqlashda hududdagi ko‘p joylardan hali suv to‘liq ketmaganligi to‘sqinlik qilmoqda. Ammo ekspertlarning dastlabki taxminlariga ko‘ra, bu summa 1 mlrd so‘mdan oshishi ehtimoli mavjud», - deydi kompaniya Hududiy tarmoqlar bilan ishlash bo‘yicha Bosh direktorining o‘rinbosari Sherzod Yunusov.
Bundan tashqari «Euroasia Insurance» sug‘urta kompaniyasi bilan sug‘urta shartnomasini tuzgan va kuchli shamol talafotidan zarar ko‘rgan mijozlar ham kompaniyaga murojat qilayotgani ta'kidlab o‘tildi. Bugungi kunga qadar Buxoro viloyatidan 8 ta, Navoiydan 4 ta, Qashqadaryodan 1 ta arizalar kelib tushgani qayd qilingan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy zarar miqdori 500 mln so‘mni tashkil etmoqda.
«15 may holatiga kompaniya sug‘urta da'volarini ko‘rib chiqish departamentiga jami 1100 ga yaqin sug‘urta da'volari qabul qilinib, salkam 8 mlrd so‘m miqdorida sug‘urta qoplamalari to‘lab berilgan. Qabul qilingan sug‘urta da'volarining 220 tasi va to‘langan sug‘urta qoplamalarining 57,4% karantin davriga, ya'ni 15.03.2020 – 01.05.2020 yil oralig‘iga to‘g‘ri kelishini oxirgi oylar davomida respublikadagi vaziyatni, ya'ni COVID-19 pandemiyasi muddatida sug‘urta qildiruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga yaqqol misol bo‘la oladi. Shu bilan birga, tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan mijozlarimizning 18 nafari yozma arizalarni voqea joylariga chiqib olindi. Qabul qilingan arizalarning 13 nafari Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida ro‘y bergan kuchli shamol natijasida mulkiy zarar ko‘rgan mijozlarimizga tegishli. Umuman bu uch hudud bo‘yicha sug‘urta qoplamalarining summasi salkam 500 million so‘mni tashkil etdi. Kompaniya bu summani qisqa muddatda to‘lab berish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rmoqda», - deydi kompaniyaning sug‘urta da'volarini ko‘rib chiqish departamenti direktori Muzaffar Achilov.
Ayni paytda, kompaniyaning ishchi guruhi suv toshqinidan zarar yetgan hududlar bo‘yicha olingan sug‘urta majburiyatlari, qolgan sug‘urta hodisalarini o‘rganishda davom etmoqda.
Agar sizda ham sug‘urta bilan bog‘liq savollar yoki shartnoma tuzish bo‘yicha rejalar bo‘lsa, Euroasia Insurance sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Kompaniyaning sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Rasmiy sayt: www.eai.uz
Instagram: @eai.uz
Facebook: fb.com/eai.uz
Telefon: 71 200 99 22
Euroasia Insurance sug‘urta kompaniyasi Matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida