Samarqandda oshxonadagi seyfni tunagan shaxs ushlandi

Jamiyat 09:59 / 08.05.2020 4199

2020 yil 2 may kuni fuqaro 60 yoshli B.A. Samarqand viloyati Jomboy tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

U o‘z arizasida 2020 yil 27 aprel kunidan 28 aprel kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Jomboy tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan oshxonasida hech kim yo‘qligi hamda oshxonaning derazasi ochiqligidan foydalanib ichkariga kirib, oshxonada turgan temir seyf eshigini buzib, ichidagi 2.830.000 so‘m va 1 AQSh dollari kupyurasidagi jami 65 AQSh dollari miqdoridagi naqd pullari hamda umumiy bahosi 24.170.000 so‘mlik har xil turdagi ayollar tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganligini bildirib, aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish va talon-toroj qilingan narsalarini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Foto: Tergov departamenti

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jomboy tumanida yashovchi 25 yoshli J.O‘. sodir etganligi aniqlanib, undan bir dona ayollar tilla zanjiri, 1.570.000 so‘m, bir dona 20 AQSh dollari, ikki dona 2 AQSh dollari, olti dona 1 AQSh dollari miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olingan.

Holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: