“Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda “Sardoba” suv omboridagi avariya va uning oqibatida elektr energiyasi ta'minotida vujudga kelgan uzilishlar, turli darajadagi texnik avariyaviy holatlarni qayta tiklash maqsadida tunu kun tizimli ishlar olib borilmoqda.
Energetika vazirligi tomonidan “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining “Oq oltin tumani elektr ta'minoti korxonasi” hududida tezkor shtab tashkil etilgan.
Farg‘ona, Namangan va Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonalari xodimlari tiklash ishlariga ko‘maklashish maqsadida barcha zaruriy texnik vositalar bilan Sirdaryo viloyatiga yetib kelishgan.
Yuqorida keltirilgan aksiyadorlik jamiyatlaridan 214 nafar xodim hamda 40 dona maxsus texnika yordamida Oqoltin tumani hududida 20ta transformator, uzunligi 71,8 km bo‘lgan elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklandi.
Shuningdek, Sardoba tumani hududida “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xodimlari tomonidan “Do‘stlik” mahallasini elektr energiya bilan ta'minlovchi “Yangi hayot” podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli “Tabassum” havo tarmog‘ida quvvati 160 kVA va 250 kVAli transformator punktlari o‘rganildi.
Natijada 3182 ta aholi xonadoni elektr energiyasi bilan ta'minlandi.