Aznur Plast – O‘zbekistonda yuqori sifatli plastik idishlar, chelaklar, konteynerlar ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, hozirgi kunda jahon standartlariga mos ravishda iste'molchilar uchun sara mahsulotlarni yetkazib bermoqda. Kompaniya ish boshlaganiga ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsada, yurtimizdagi turli oziq-ovqat, qurilish mollari, maishiy kimyo va avto kimyo ishlab chiqaradigan tadbirkorlik korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga va ishonchini butkul oqlashga ulgurdi.
Hozirda kompaniya qo‘shni davlatlar, jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistonga ham o‘z mahsulotlarini eksport qilishni boshlagan.
Jahon standarti
Plastik qadoqlarni ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifat nazoratiga yuqori malakali xodimlar tomonidan katta e'tibor qaratish - Aznur Plast’ning asosiy ajralib turuvchi jihatlaridan biridir. Kompaniyaning O‘zbekistonda ish boshlagan yangi zavodida xorijdan keltirilgan eng zamonaviy Yizumi, Hiatian, YouCan termoplastavtomatlari, Xiecheng yordamchi qurilmalari, Wellih IML texnologiyasi bilan ishlovchi robot kabi uskunalari mavjud. Yangi muvaffaqiyatli texnologiyalardan unumli foydalanish, mamlakatimizning termoplastika ishlab chiqarish sohasida tezkorlik va yetakchilikni saqlab qolishga yordam beradi.
Ishonch va sifat uyg‘unligi
Aznur Plast kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot va tovarlar zarur sertifikatlarga ega bo‘lib, ular iste'molchi talabi va me'yorlariga to‘liq javob bera oladi. Maxsus laboratoriyada mutaxassislar zamonaviy trendni e'tibor bilan kuzatgan holda ishlab chiqarilayotgan plastlik qadoqning hajmi, shakli, dizayni, rangi ustida ham alohida ish olib borishadi.
Dizayn
Plastik konteynerlarining nafaqat sifati, balki tashqi qiyofasi ham muhim rol o‘ynaydi. Sababi, xaridor birinchi navbatda mahsulotning qadog‘iga e'tiborini qaratadi. Kompaniyaning mahoratli xodimlari esa qanday qilib mahsulotlarda yuqori sifat va estetik jozibadorlikni birlashtirish mumkinligi haqida juda yaxshi bilishadi.
Biznes – biznes uchun!
Aznur Plast MChJ O‘zbekistonda o‘z faoliyatini olib borayotgan tadbirkorlik sub'yektlariga, korxona va ishlab chiqarish zavodlariga foydali va uzoq muddatli hamkorlikni taklif etadi. Kompaniya mahsulotlariga kundalik talab ortib borayotganligi sababli Aznur Plast ish faoliyatini yanada kengaytirish hamda ishlab chiqarilayotgan tovarlar hajmini oshirishni rejalashtirgan. Biznesda munosib hamkorlarni topish va ommaviy brendlarni yaratish vaqti keldi. Aznur Plast plastik qadoqlari bilan mahsulotingiz bozorlarda o‘z yetakchiligini yo‘qotmaydi.
Kreativlik
Kompaniya jamoasida ishlab chiqarish va texnologiya sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan eng yaxshi mutaxassislar faoliyat olib boradi. Shuning uchun, biz doimiy ravishda yangilanib boradigan turli xildagi noodatiy mahsulot modellari bilan hamkorlarimiz, mijozlar va xususiy iste'molchilarni talab va istagini qondirishga harakat qilamiz. Bizning asosiy maqsad – sifatli va jahon standartlariga javob beradigan plastik qadoqlarni O‘zbekistonda ishlab chiqarish hamda Respublika bo‘ylab hamkorlar va mijozlarga yetkazib berishdir!
Aznur Plast – yaxshisini va sifatlisini tanlang!
Manzil: Toshkent shahri, Bog‘iston ko‘chasi, 111/1A
Murojaat uchun telefon: +998 99 808 4444
Sayt: www.aznurplast.uz
Instagram: @aznurplast
Facebook: fb.com/aznurplast
Telegram: t.me/aznurplast
Reklama huquqi asosida